Nepaldagi muzlik falokati Markaziy Osiyo uchun ogohlantirishmi? Video

Chapda Nepal chegarasidagi halokatli sel paytidagi kuzatuv kamerasi tasviri, o‘ngda esa Qirg‘izistonda toshgan tog‘ ko‘li yaqinida monitoring olib borayotgan mutaxassis aks etgan.

Surat manbasi, SOCIAL MEDIA/Reuters/Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Surat tagso‘zi, Nepal va Xitoy chegarasidagi Girong hududida halokatli toshqin va Qirg‘izistondagi tog‘ ko‘li toshqini
Published
O'qilish vaqti: 6 daq

O‘zbekiston muzliklarga ega davlat emas. Ammo mamlakat ichimlik suvi, qishloq xo‘jaligi va energetikasi uchun zarur bo‘lgan suvning katta qismi Qirg‘iziston va Tojikiston tog‘laridagi muzliklardan keladi. Bugun esa olimlar bu muzliklar tez sur’atlarda qisqarayotganidan ogohlantirmoqda.

Joriy yilning 26 avgust kuni Nepal va Tibet chegarasida yuz bergan halokatli toshqin yuzlab kilometrlar naridagi mamlakatlarda ham xavotir uyg‘otmoqda. Olimlar bu falokatga muzlikning qulashi sabab bo‘lgani ehtimolini aytmoqda. Bahaybat toshqin to‘satdan Himolay tog‘laridagi bir vodiyni bosib o‘tib, butun boshli qishloqlarni vayron qildi.

Tabiiy ofat oqibatida Nepal va Tibetda mingdan ortiq odam halok bo‘lgan, minglab odamlar bedarak yo‘qolgan. Toshqinlar bir qator gidroelektr stantsiyalari infratuzilmasiga ham jiddiy zarar yetkazgan. Bedarak yo‘qolganlar orasida kamida 34 mamlakatdan yuzlab chet el fuqarolari ham borligi taxmin qilinmoqda.

Videokuzatuv kamerasi tasvirlarida 26 avgust kuni Nepal va Xitoy chegarasidagi Girong hududida sel va suv binolarni qamrab olar ekan, odamlar qochib ketayotgani aks etgan

Surat manbasi, SOCIAL MEDIA/via REUTERS

Surat tagso‘zi, Videokuzatuv kamerasi tasvirlarida 26 avgust kuni Nepal va Xitoy chegarasidagi Girong hududida sel va suv binolarni qamrab olar ekan, odamlar qochib ketayotgani aks etgan

Nepalga qo‘shni Hindiston mutaxassislari - "Hindiston xavotirlanishi kerak" deb hisoblashadi. Ekspertlarning ta’kidlashicha, asl ogohlantirish Himolay tog‘larida nimalar sodir bo‘layotgani - suv, tosh, muzlik hamda ulkan hajmdagi cho‘kindilar birdaniga birlashganda yuz beradigan oqibatlar bilan bog‘liq.

Shunday ekan, Nepaldagi falokat Markaziy Osiyo uchun ogohlantirishmi? Bunga aniqlik kiritish uchun O‘zbekistonga suv qayerdan kelishiga nazar tashlaymiz. Markaziy Osiyo muzliklari ko‘pincha "mintaqaning suv minorlari" deb ataladi. Aynan shu muzliklar yoz faslida Amudaryo va Sirdaryoni suv bilan ta’minlaydi.

Skip Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: and continue readingBizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

End of Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

Markaziy Osiyo muzliklariga nima bo‘lyapti?

Qirg‘izistonda toshgan tog‘ ko‘li yaqinida monitoring olib borayotgan mutaxassis a

Surat manbasi, Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Surat tagso‘zi, Qirg‘izistonning Taqir-To‘r ko‘lida suv sathi xavfli darajaga ko‘tarilayotgani 2025 yil bahorida o‘tkazilgan kuzatuvlar davomida aniqlangan.

So‘nggi tadqiqotlar Markaziy Osiyoda 2025 yil muzliklar uchun rekord yo‘qotishlar yili bo‘lganini ko‘rsatmoqda. Olimlarga ko‘ra, muzliklar mintaqaning uzoq muddatli suv xavfsizligiga tahdid soluvchi tezlikda erimoqda.

Bu holat Vrije Universiteit Brussel, ETH Zürich tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda aniqlangan. Tyanshan va Pomir tog‘laridagi 16 ta muzlikda olib borilgan dala kuzatuvlariga tayangan holda, tadqiqotchilar Markaziy Osiyodagi muzliklar bir yilning o‘zida qariyb 30 km³ muz yo‘qotganini hisoblab chiqdilar, bu esa mintaqada saqlanib qolgan muzliklar hajmining deyarli 2 foiziga teng.

iScience ilmiy majallasi Markaziy Osiyo uchun Tyanshan nega muhim? – degan savolga javob izlaydi. Shu yilning fevral oyida - Muzliklardagi o‘zgarishlar Markaziy Osiyoning suv minoralariga tahdid solmoqda – sarlavhasi ostida chop etgan hisobotida yozishicha, Markaziy Osiyoning "suv minorasi" sifatidagi maqomga ega Tyanshan mintaqaviy suv resurslarini saqlab turishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Biroq, davom etayotgan iqlim o‘zgarishi muzliklar va qor qoplamining sezilarli yo‘qolishiga sabab bo‘lmoqda, deyiladi hisobotda.

Shunday ekan, bu nima uchun Markaziy Osiyoning deyarli 100 million aholisi uchun muhim? - degan savol tug‘iladi.

Nepaldagi suv toshqini

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, Olimlar Nepal va Tibet chegarasida yuz bergan falokatga muzlikning qulashi sabab bo‘lgani ehtimolini aytmoqda.
Skip podcast promotion and continue reading
Bizni WhatsApp da ham kuzating

BBC News O‘zbek kontenti endi Sizning WhatsApp da

A’zo bo‘lish uchun bu erga bosing

End of podcast promotion

Mutaxassislarga ko‘ra, Tyanshan g‘arbiy shamollar ta’sirida yuqori balandliklardagi hududlarda nisbatan ko‘p yog‘ingarchilik bo‘ladi. Bu o‘z navbatida keng muzliklar, qor maydonlari va doimiy muzloq qatlamlarning mavjudligini ta’minlaydi. Ushbu hududdagi suv resurslari asosan baland tog‘larda muzlik va qor erishidan, o‘rta tog‘li hududlarda yog‘ingarchilikdan hamda tog‘ yoriqlaridan keladigan yer osti suvlari zaxiralaridan shakllanadi.

Bu omillar birgalikda Markaziy Osiyo bo‘ylab ko‘plab daryolarni oziqlantiradi va mintaqaviy suv aylanishini saqlab turishda muhim rol o‘ynaydi. Shu orqali bu suvlar qariyb 100 million kishini chuchuk suv bilan ta’minlaydi.

Nashr hisobotida keltirilishicha, Markaziy Osiyo muzliklarining chekinishi tezlashmoqda. 1990 yildan buyon Tyanshan muzliklari sezilarli chekinish tendentsiyasini namoyon etmoqda. 1990 yildan 2015 yilgacha Sharqiy Tyanshandagi muzliklarning umumiy maydoni qariyib 22 foizga qisqargan.

O‘tkazib yuboring YouTube post , 1
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post, 1

Toshayotgan tog‘ ko‘llari: Qirg‘izistonda xavf kuchaymoqda

Qirg‘izistonda 2025 yil 27 iyunda Bishkek yaqinidagi tog‘larda joylashgan Taqir-To‘r ko‘li toshib, suv pastga qarab oqib tushgan

Surat manbasi, Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Surat tagso‘zi, Qirg‘izistonda 2025 yil 27 iyunda Bishkek yaqinidagi tog‘larda joylashgan Taqir-To‘r ko‘li toshib, suv pastga qarab oqib tushgan

Olimlar muzlik ko‘llari ham kengayayotganidan ogohlantirishmoqda. Masalan, Markaziy Tyanshanda ko‘llar soni 217 taga ko‘payib, maydoni qariyb 10 km² ga kengaygan. Asosiy savol – Markaziy Osiyoni, jumladan, O‘zbekistonni nima xavotirga solishi kerak?

Ayrim mutaxassislarning fikricha, Nepalda yuz bergan hodisa geologik va iqlimiy jihatdan Markaziy Osiyoga butunlay begona emas.

Masalan, Qirg‘izistonda tog‘ ko‘llarining toshishi so‘nggi yillarda sel va suv toshqinlari xavfini oshirgan. 2025 yil 27 iyunda Bishkek yaqinidagi tog‘larda joylashgan Taqir-To‘r ko‘li toshib, suv pastga qarab oqib tushgan. Sel tufayli Issiq-Ota tumanida favqulodda holat e’lon qilingan. Almaluu, Pastki Serafimovka va Kebek-Biy qishloqlaridan jami 950 nafar aholi xavfsiz joylarga evakuatsiya qilingan. Tog‘dan tushgan suv qishloq aholisining arpa va dalalarni ham bosgan.

Abdraxmatov Renat
Bu Nepalda sodir bo‘lsada, bizdagi geomorfologik va iqlimiy sharoitlar u yerdagidek... ba’zan daryo bo‘yida shoshilinch qurilgan dam olish maskanlari bilan to‘lgan hududlar bor...!
Kanat Abdrakhmatov
Qirg‘iziston Seysmologiya instituti ilmiy rahbari (Batafsil: BBC.COM/UZBEK da o‘qing )

Mutaxassislar Taqir-To‘r ko‘lida suv sathi xavfli darajaga ko‘tarilayotganini o‘sha yil bahorida o‘tkazilgan maxsus tadqiqotlar davomida aniqlagan. Mahalliy aholi va mutaxassislarning aytishicha, ko‘l 1994 va 2009 yillarning iyun oylarida ham toshib, xavfli vaziyat yuzaga kelgan.

Bundan tashqari, 2024 yil 21 avgust kuni Issiqko‘lning janubiy sohilidagi Zindon tog‘ ko‘li ham toshgan. Bunga muzliklarning erishi va ko‘l ostidagi suv oqimlarining ko‘payishi sabab bo‘lgani aytilgan. Zindon ko‘li 2008 yilda ham toshib, hududdagi infratuzilmaga zarar keltirgan.

Qirg‘izistonda bunday holatlar avval ham kuzatilgan. 2017 yilda Issiq-Ota tumanidagi Chelek-To‘r tog‘ ko‘li toshgan bo‘lsa, 2021 yilda Sokuluk tumanidagi Aqbay tog‘ ko‘li toshib, suv toshqinini yuzaga keltirgan.

O‘tkazib yuboring YouTube post , 2
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post, 2

Nepal fojiasida Markaziy Osiyo uchun saboq bormi?

Nepallik Pramod Poudel oilasi taqdiri haqida ma’lumot topish umidida qishlog‘iga qaytdi. Biroq u yerga yetib kelgach, qarshisida faqat falokat ortidan qolgan vayronagarchilik manzarasini ko‘rgan

Surat manbasi, Pramod Poudel

Surat tagso‘zi, Nepallik Pramod Poudel oilasi taqdiri haqida ma’lumot topish umidida qishlog‘iga qaytdi. Biroq u yerga yetib kelgach, qarshisida faqat falokat ortidan qolgan vayronagarchilik manzarasini ko‘rgan.

Qirg‘iziston Seysmologiya instituti ilmiy rahbari Kanat Abdraxmatov ijtimoiy tarmoqlarda Nepaldagi falokat haqida post chop etdi. U jumladan shunday dedi:

"Bu Nepalda sodir bo‘ldi. Biroq, bizdagi geomorfologik va iqlimiy sharoitlar u yerdagidek: global isish bilan bog‘liq muzliklarning jadallashgan erishi, seysmik faollik, cho‘kindilar bilan ortiqcha yuklangan tor vodiylar, ba’zan esa bevosita daryo o‘zani bo‘yida shoshilinch qurilgan dam olish maskanlari bilan to‘lgan hududlar mavjud...!"

 Qirg‘izistondagi muzliklar
Surat tagso‘zi, Olimlar Qirg‘izistondagi muzliklar bir asr ichida erib yo‘qolishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, xuddi Hindiston Nepal tog‘larida yuz berayotgan jarayonlarni kuzatishga majbur bo‘lgani kabi, O‘zbekiston ham Pomir va Tyanshan muzliklarida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni diqqat bilan kuzatishga majbur.

Nepal fojiasi muzliklar faqat sekin erib borayotgan suv manbai emasligini ko‘rsatdi. Ayrim hollarda ular to‘satdan xavf manbaiga ham aylanishi mumkin. Markaziy Osiyoda esa Rog‘un, Norak, To‘xtagul, Qambarata va Chorvoq kabi yirik gidroinshootlarning barchasi muzliklar shakllantirgan tog‘ tizimlari va daryo havzalari bilan bevosita bog‘liq.

Markaziy Osiyoda GESlar va suv omborlari qanchalik himoyalangan? Ular XXI asr iqlimi uchun mos qurilganmi?

2020 yil 1 may tongida Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori devori o‘pirilib ketib, yaqin atrofdagi aholi maskanlari suv ostida qolgan edi

Surat manbasi, Social Media/Rasmiy

Surat tagso‘zi, 2020 yil 1 may tongida Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori devori o‘pirilib ketib, yaqin atrofdagi aholi maskanlari suv ostida qolgan edi

2020 yil, 1 may kuni O‘zbekistonda Sardoba fojiasi sodir bo‘ldi. Unda tong saharda Sirdaryo viloyatida joylashgan suv ombori devori o‘pirilib ketib, yaqin atrofdagi aholi maskanlari suv ostida qolgan edi. Sardoba tabiiy ko‘l emas, balki inson qo‘li bilan tiklangan strategik muhim inshoot edi. Bu fojia muzlik bilan bog‘liq bo‘lmasada, suv infratuzilmasidagi muammo qanday qilib bir necha soat ichida minglab odamlarning hayotiga ta’sir qilishi mumkinligini ko‘rsatdi.

Nepal fojiasi esa xavf manbai bundan ham yuqorida, tog‘lar va muzliklar orasida bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston uchun muzliklar har doim hayot manbai bo‘lib kelgan. Ular axolini suv bilan ta’minlaydi, daryolarni to‘ldiradi, dalalarni sug‘oradi va elektr energiyasi ishlab chiqarishga yordam beradi. Ammo iqlim o‘zgarishi davrida muzliklar asta-sekin yangi savolni ham o‘rtaga qo‘ymoqda: ular faqat suv manbaimi yoki yangi xavf manbaiga ham aylanayaptimi? Nepal fojiasi Markaziy Osiyoni aynan shu savol ustida o‘ylashga majbur qilmoqda.