Rossiya, O‘zbekiston va mintaqa: Tolibonga ishonsa bo‘ladimi?
Shu kunlarda Rossiya tomoni yana yangi bayonot bilan chiqdi.
Tojik-Afg‘on chegarasidagi vaziyatga bu gal Rossiya Mudofaa vaziri e’tibor qaratdi.
Belousov mazkur chegarani mustahkamlash hozir Moskva uchun eng muhim ustivor vazifalardan biriga aylanganini aytdi.
Rossiya Mudofaa vaziridan avval bu masalani shaxsan Putinning o‘zi rasman va oshkora tilga olgan.
"Vaziyatdan boxabar" ekanini aytib, mintaqadagi ko‘pchilikning diqqatini o‘ziga tortgandi.
Tolibon hukumati vakili esa bungacha barchani "xavotirlanishga hech bir asos yo‘q"ligiga ishontirgan.
Afg‘on-Tojik chegarasida "xavfsizlik to‘liq ta’minlangani"ni aytib chiqqandi.
Afg‘onistonning mintaqaga chegaradosh va strategik jihatdan muhim Badaxshonida so‘nggi paytlarda vaziyat jiddiy yomonlashgan.
Shunday ekan, bugun mintaqaga Afg‘oniston tahdidi qanchalik real?